Kroos Xvichani «Oltin to‘p»ga loyiq deb hisoblaydi
"PSJ yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya 2026 yilda «Oltin to‘p» sohibi bo‘lishi kerak". Bu fikrni jahon futboli yulduzi, «Real» va Germaniya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Toni Kroos bildirdi.
Kroos o‘z munosabatini nemis blogeri Florian Mal’burgning «Instagram»dagi postiga izoh qoldirish orqali bildirdi.
«Agar sen savol bergan bo‘lsang... javob – Kvara. Men uchun bu juda aniq!
Jahon chempionatida eng yaxshi to‘rt nafar futbolchi – Rodri, Messi, Jud [Bellingem] va Kilian [Mbappe] – bu mavsumda unchalik yorqin o‘yin namoyish etmadi yoki nisbatan zaif chempionatda to‘p surmoqda. Kvara esa o‘tgan mavsum va hozirgi paytda dunyoning eng kuchli klubida eng yaxshi futbolchi», – deb yozgan Kroos.
Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi joriy yilning 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar