Kuadradoni "Yuventus"da olib qolishmoqchi
"Yuventus" rahbariyati jamoaning kolumbiyalik yarim himoyachisi Xuan Kuadradoni tarkibda saqlab qolmoqchi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “keksa sinora” allaqachon 32 yoshli futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Kuadrado joriy mavsum “Yuventus” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar