Kubarsi: "Hali hech narsa hal qilinmadi, ter Shtegen — bizning sardorimiz"

  • 4 avgust, 01:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Pau Kubarsi jamoa darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning kapitanlik mavqeiga munosabat bildirdi.

Tecno

"Men yoshlar jamoasida sardorlik qilganman. Lider bo‘lish uchun muloqot ko‘nikmalar ustida ishlash kerak.

Hozircha hech qanday qaror qabul qilingani yo‘q. Mark hali ham jamoada. U — bizning sardorimiz, etakchimiz va asosiy tayanchimiz. U biz bilan, biz undan mamnunmiz", — dedi Kubarsi "TV3" telekanaliga bergan intervyusida.

Avvalroq ter Shtegenning umurtqasiga operatsiya haqida klub bilan kelishmasdan bayonot bergani rahbariyat va murabbiylar shtabida norozilik uyg‘otgani, natijada uni kapitanlikdan mahrum qilish rejasi muhokama qilingani xabar qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!