Kubarsi: "La Masiyada yashagan paytim hayotimni o'zgartirdi"
"Barselona" himoyachisi Pau Kubarsi klub akademiyasidagi faoliyatini yodga oldi.
"Dastlab har kuni tushlikdan keyin mashg‘ulotlarga borish uchun "Jirona"dan qatnardim. Kechqurun yana uyga qaytib uxlar edim, yo‘lda soatlab vaqt o‘tardi. Bu to‘rt yil davom etdi. U16 bosqichidan boshlab, chunki biz erta-lab ham mashg‘ulot o‘tkazardik, men La Masiya-da yashay boshladim.
Biz Mark Bernal bilan burchak zarbalarida ko‘pincha bir xil sxemadan foydalanardik: u kuchli va baland to‘p uzatardi, men esa uzoq ustun tomonga tez chiqib, bo‘y ustunligim orqali raqiblardan ustun kelardim. Shu tarzda ancha gol urg‘anman.
Men va Lamin Yamalning kar'era yo‘limiz deyarli o‘xshash edi. U esa oxirida yanada tezroq o‘sdi. U bilan o‘ynash juda oson: to‘pni bersang, o‘yin taqdirini hal qilib beradi. Bolaligidan-oq unda o‘yinni hal qilish qobiliyati bor edi. Bir mashg‘ulotda, yakkama-yakka vaziyatda u meni aldab o‘tdi, men sirpanib yerga yiqildim. U keyingi bir hafta shuni eslab meni mazax qildi. Lekin u menga zarba berganini aytmaydi! (kuladi.) Agar himoyachi uchun vaziyat gol bilan tugamasa, bu odatiy hol", — dedi 19 yoshli Kubarsi.
Fikrlar