
Kubo: Zidan mayda narsalarga qattiq e’tibor beradi. U ko‘p savollar berdi
"Real"ning "Malorka" klubida ijara asosida to‘p tepuvchi yarim himoyachisi Takefuso Kubo madridliklar ustozi Zinedin Zidan borasida fikr bildirdi.
- Mavsum oldidan yaxshi tayyorgarlik ko‘rganingizdan so‘ng, jamoadagilar nima dedi?
- Ko‘pchilik menga yordam berdi, men moslashdim va qo‘limdan kelganicha ishladim.
Jamoadoshlar menga yaxshi munosabatda bo‘lishdi. Texnik xodimlar ham, eng avvalo Zidan. U kichik detallarga juda qattiq qaraydi. Zidan menga juda ko‘p savollar berdi," - dedi Kubo.
Fikrlar