Kubog egasi yoki Superliga kumush medallari? Qay biri kelasi mavsumda xalqaro maydon uchun yo‘llanma beradi?

  • 30.10.2023 23:16
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol

SPORTS.uz sayti jurnalisti - Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z telegram kanalida OFK tomonidan berilgan 1+1 kvotasining qanday taqsimlanishi borasida ma’lumot bilan o‘rtoqlashdi. Unga ko‘ra, turnirlarda ishtirok etish sharti quyidagicha:

"OFK tomonidan keyingi mavsum 1+1 ko‘rinishida O‘zbekiston uchun kvota ajratganidan xabaringiz bor. Elit liga bo‘lishi kutilgan yangi musobaqada mamlakat chempioni ishtirok etishi tabiiy. Ikkinchi yo‘llanma kimga beriladi degan savol paydo bo‘lsa kerak.

Joriy mavsum uchun ikkinchi darajali musobaqada ishtirok etish huquqini O‘zbekiston kubogida zafar quchgan jamoa qo‘lga kiritadi. Ya’niy, "Nasaf" va OKMKdan biri. Chempionatda ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa esa, kumush medallardan boshqa narsaga ega chiqmaydi.

Kelasi mavsumda esa, qaror o‘zgarishi mumkin, ammo bu yil so‘nggida ANIQ kubogni qo‘lga kiritgan klub OFKning klublar o‘rtasidagi o‘tkazadigan ikkinchi darajali (Musobaqa Nomi ham OChL 2) turnirda ishtirok etadi"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!