Kukurelya: «Agar mavsum biz istagandek yakunlansa, hech kim startni eslamaydi»
Yozgi transfer oynasida londonlik «Chelsi»dan madridlik «Real» safiga qo‘shilgan Mark Kukurelya jamoaning 2026/2027 yildgi mavsum boshidagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi.
Ispaniyalik himoyachiga ko‘ra, hozirgi natijalar mavsum yakunida jamoa maqsadiga yetib borsa, katta ahamiyat kasb etmaydi.
«Agar mavsum hammamiz istagandek yakunlansa, na shu start, na ikki mag‘lubiyatni hech kim eslamaydi», – dedi Kukurelya.
Eslatib o‘tamiz, «Real» so‘nggi turda safarda «Atletiko»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. La Liganing yetti turidan so‘ng madridliklar 15 ochko jamg‘argan. «Qirollik klubi» turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egalab turibdi va peshqadam «Barselona»dan olti ochkoga orqada qolmoqda.

Fikrlar