Kukurelya Jahon chempionati oldidan uyqu muammosini yengganini aytdi

  • 13.06.2026 23:47
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya terma jamoasi va "Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelya Jahon chempionati boshlanishi arafasida yangi vaqt mintaqasiga moslashish jarayoni haqida gapirdi.

Futbolchining ta'kidlashicha, dastlab uyqu bilan bog‘liq qiyinchiliklar bo‘lgan, ammo hozir vaziyat to‘liq yaxshilangan.

"Avvaliga oson bo‘lmadi, ammo so‘nggi bir necha kundan beri juda yaxshi uxlayapman. Kechqurun kech yotmaslik uchun kunduzi uzoq uxlamaslikka harakat qilamiz. Hozir butun tun davomida uyg‘onmasdan uxlayapman", — dedi Kukurelya.

Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Afrika vakili o‘z tarixida ilk bor mundialda qatnashmoqda.

Uchrashuv 15 iyun kuni Atlanta shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!