
Kuman "Atletiko"ga qarshi bahsda "Barselona"ga yordam berolmaydi
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya La Ligasining 8-turidan o‘rin olgan "Atletiko"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi gollandiyalik mutaxassisning ikki o‘yinli diskvalifikatsiyasi ustidan apellyatsiya bermagan.
Eslatib o‘tamiz, Kuman 6-turda “Kadis”ga qarshi o‘yinda (0:0) o‘zini tuta olmagani uchun jazolangan edi. U ushbu diskvalifikatsiya tufayli 7-turda "Levante" bilan o‘yinni (3:0) ham o‘tkazib yuborgan edi.
"Atletiko" - "Barselona" uchrashuvi 2 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar