
Kuman “Barsa” rahbariyatiga nega murojaat qildi?
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman klub rahbariyatiga iltimos bilan murojaat qildi.
Niderlandiyalik murabbiy rahbariyatdan qishki transferlar vaqtida tezroq markaziy himoyachi olib berishni so‘ramoqda.
Kuman mutasaddilarni “Lill” tarkibida o‘ynayotgan yosh himoyachi Sven Botmanga e’tibor qaratishga chaqirdi. 21 yoshli futbolchi ishonchli o‘yinlari orqali Niderlandiya terma jamoasidan taklif olmoqda.
Sven Botman hozirda “Liverpul” va “ Tottenxem” e’tiboriga ham tushgan. U yangi mavsum oldidan 8 million evro evaziga “Lill” tarkibiga qo‘shildi va 19 ta uchrashuvda qatnashdi. Besh yillik shartnomaga ega futbolchining transferi 25 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar