Kuman qachon "Barselona"ni tark etishi ma’lum

  • 01.10.2021 15:48
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona"ning ayni damda boshqarayotgan Ronald Kuman Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsiz natijalaridan so‘ng, klubni tark etishga yaqin.

"SPORT" nashrining xabar berishicha, jamoa prezidenti Laporta allaqachon qaror qabul qilgan. Manbaning ma’lum qilishicha, niderlandiyalik mutaxassis "Atletiko"ga qarshi bahsdan keyin lavozimidan ozod etiladi.

La Liga 8-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Barselona" uchrashuvi 3 oktyabr sanasida "matraschilar" maydonida bo‘lib o‘tadi.

Bir necha kun avval, "ko‘k-anorranglilar" EChL doirasida "Benfika"ga qarshi safar o‘yinida 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, 2 turdan so‘ng o‘z guruhida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!