Kun yangiligi: Parakanoechimiz Tokio-2020 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

CHERY AUTO
Shu kunlarda Vengriyaning Tseged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi jahon chempionati davom etmoqda. Musobaqaning o‘tkazilgan navbatdagi kuni terma jamoamiz uchun omadli o‘tdi.
 
Parakanoening VL3 yo‘nalishida bahs olib borgan vakilimiz Hayitmurod Sherqo‘ziev 200 metr masofada kelasi yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz final bahsida marraga to‘rtinchi bo‘lib etib keldi. Reglamentga ko‘ra finalda dastlabki olti o‘rinni egallagan ishtirokchilar Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega bo‘lishadi va bu natija bilan hamyurtimiz kelasi yil Tokio Paralimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.
 
Parakanoe bo‘yicha JCh. Vengriya
VL3-200 metr, erkaklar.
1. Kurtis Makgret (Avstraliya) – 47.52
2. Kaio de Karvalyu (Braziliya) – 47.53
3. Styuard Vud (Buyuk Britaniya) – 48.42
4. Hayitmurod Sherqo‘ziev (O‘zbekiston) – 48.52
 
Manba: olympic.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dawson Jack
23/08/2019 10:33
Muborak bo'lsin!