Kuni kecha Bahodir Jalolovga bag‘ishlangan badiiy film premyerasi bo‘lib o‘tdi
Kechа – 3 aprel kuni Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolovning hayot yoʻli va Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi gʻalabasiga bagʻishlangan badiiy film premyerasi boʻlib oʻtdi.
“Yengilmas. Tokiyoga yoʻl” nomli mazkur film taqdimotini muxlislar bilan bir qatorda nufuzli mehmonlar hamda sport olami vakillari kuzatib borishdi.
Jumladan, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari, “Asian Boxing” tashkiloti vitse-prezidenti Saken Polatov, Oʻzbekiston boks federatsiyasi Bosh kotibi, "Asian Boxing" tashkiloti "Sport va musobaqalar" komissiyasi raisi Shohid Tillaboev, Oʻzbekiston boks terma jamoasi bosh murabbiyi Toʻlqin Qilichev hamda bokschilar va ularning oilalari tashrif buyurishdi. Shuningdek, taqdimotda oʻzbek sportining koʻplab yulduzlari va sanʼat olami namoyandalari ham jam boʻlishdi.
Bu haqida Oʻzbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar