Kunya: "Kerrik muxlislar" nima xohlashini tushunadi"
"Manchester Yunayted" hujumchisi Mateus Kunya Angliya Premier-ligasi 23-turidan o‘rin olgan "Arsenal"ga (3:2) qarshi o‘yinda bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoada qanday o‘zgartirish kiritganini aytdi.
"U "Manchester Yunayted"da o‘ynash qanday bo‘lishini biladi. U bu yerda shuncha yil o‘ynagan. Uning Manchesterga, MYuga bo‘lgan munosabati bor. Kerrik muxlislar nimani xohlashini tushunadi. U doimo bizga bu haqida eslatib turishga harakat qiladi, u bizni butun vaziyatni tushunish va "Hamma bizga qarshi" deyish kerakligiga ishontirdi. Shuning uchun, menimcha, biz o‘zimizni yanada jipsroq his qila boshladik", - deya Kunyaning so‘zlarini keltiradi BBC.
Ayni paytda "Manchester Yunayted" 38 ochko bilan APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar