Kunya nima sababdan "Everton"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yubormoqda?
"Manchester Yunayted" hujumchisi Mateus Kunya "Everton"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi.
Bundan avval xabar berilishicha, braziliyalik futbolchi mashg‘ulotlarda jarohat olgan edi. Shu bilan birga, Kunyaning jarohati jiddiy emasligi ta’kidlangan.
Jurnalist Saymon Stounning ma’lumotlariga ko‘ra, Kunya bosh qismidan jarohati olgan va bugungi MYuning o‘yinida ishtirok eta olmaydi.
Ma’lumot o‘rnida, "Manchester Yunayted" hozir "Everton" bilan kuch sinashmoqda. Uchrashuv 01:00’da start olgan.

Fikrlar