Kuper boshchiligidagi O‘zbekistonning barcha o‘yinlari

  • 23 sentabr, 2019, 17:15
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Misr terma jamoasi bilan 2018 yilning jahon chempionatidagi omadsiz ishtirokidan so‘ng, ushbu yilning avgust oyida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Tecno

06836106

Terma jamoamiz bosh rulida Kuper umumiy 17 ta bahs o‘tkazdi. Shulardan 10 tasi o‘rtoqlik o‘yini bo‘ldi va yana 7 tasi rasmiy uchrashuvlar edi. Uchrashuvlarning 7 tasida g‘alaba qozonib, 3 tasida durang o‘ynadi va yana 7 ta bellashuvda imkoniyatni boy berdi.

Kuper shogirdlarining uchrashuvlar yig‘indisida to‘plar-farqi 19-16 terma jamoamiz foydasiga hal bo‘ldi.

Argentinalik mutaxassis boshchiligdagi debyut o‘yin 2018 yilning 6 sentyabr kuniga to‘g‘ri keldi. Shu kuni, O‘zbekiston o‘z uyida Suriyaga qarshi o‘rtoqlik bahsini o‘tkazdi. Chorimurod Qurbonov bosh hakamlik qilgan uchrashuvning 62-daqiqasida Marat Bikmaev penaltidan hisobni ochgan edi va suriyaliklar forvardi Omar Al-Soma 78-daqiqadagi goli bilan javob qaytargan. Bellashuv 1:1 hisobida o‘z nihoyasiga etgan.

Oradan 4 kun o‘tib, Eron termasi ham qabul qilindi. Sifatsiz o‘yin ko‘rsatgan terma jamoamiz eronliklar tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga mag‘lub bo‘lishdi.

2018 yilning 13 va 16 oktyabr kunlari KHDR va Qatar terma jamoalari bilan ham o‘rtoqlik bellashuvlari o‘tkazildi va ikkala raqibni bir xil 2:0 hisobida mag‘lub etish Kuper shogirdlariga nasib qildi.

uzbekistan-66198

Oradan 1 oy vaqt o‘tib 15 noyabr sanasida Livan termasi bilan nursiz durang natija qayd etildi. Osiyo Kubogiga tayyorgarlik arafasida o‘zbekistonlik muxlislarning dil hiraligi boshlandi va 20 noyabrda Janubiy Koreya terma jamoasi darvozamizga javobsiz 4 ta gol urdi.

Eldor Shomurodovning yulduzlik onlari boshlangan musobaqa, Osiyo Kubogiga start berildi. 2019 yilning yanvar oyida o‘tkazilgan musobaqani terma jamoamiz yomon boshlamagan edi. Dastlab Ummon terma jamoasi 2:1 hisobida mag‘lub etildi. Turkmaniston terma jamoasiga qarshi bahsda esa, Kuper ustozligidagi jamoamizning eng yorqin uchrashuvini ko‘rishga muvaffaq bo‘lgandik. Shu kuni, qo‘shnilarimiz darvozasi 4 bor ishg‘ol qilindi va turkmanistonliklarga gol urish imkoni berilmadi.

7041547048571

Pley-offga chiqa olganimiz aniq bo‘lganidan so‘ng, Yaponiyaga qarshi bahs oldidan Kuperda 2 ta variant bor edi. Yaponiyaga qarshi bellashuvda asosiy tarkibni tushirib, g‘alaba uchun harakat qilish yoki ikkinchi tarkibga imkon berib, pley-offda Avstraliyaga to‘qnash kelish. Bu borada Kuper Misr bilan Afrika Kubogidagi ishtirokini yodga olib, asosiy futbolchilarni finalda charchab qolishlarini istamasligini bildirib o‘tdi va Yaponiya bilan o‘yinda bir qator futbolchilarimizga dam berishga qaror qildi. Yakunda esa 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandik.

4905752_AC19_Japan_16-9_15524922_1918854_20190118020148fb26e459-b51f-41cb-84f7-8

"Barselona"dagi yorqin faoliyati bilan dunyoga mashhur futbolchi Xavi Osiyo Kubogi boshlanishidan oldin berib o‘tgan tahminlarining ssenariysiga asoslansa, Avstraliyaga yutqazishimiz kerak edi.

xavi-asian-cup

Bundan tashqari, 2011 yilgi Osiyo Kubogining yarim final uchrashuvidagi sharmandali natijamiz ko‘pchilikning yodiga tushib, havotirlana boshlandi. Amalda esa sharmandali natija bilan yutqazmadik, ammo mag‘lubiyatga uchradik. Bellashuvda hisob ochilmadi 0:0 va penaltilar seriyasida 2:4 raqiblarimiz foydasiga.

FBL-ASIA-2019-AUS-UZB

Shu yilning mart oyida terma jamoamiz Xitoyda o‘tkazilgan kichik turnirda qatnashdi va Urugvay termasiga 0:3 hisobida yutqazdi. Musobaqa mezbonlari bilan 3-o‘rin uchun kechgan bahsda 1:0 hisobidagi ustunlik g‘alabamizni ta’minlab berdi.

1553251326_346456_1553259825_noticia_normal

Iyun oyida ketma-ket o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazildi. Dastlab, Turkiya mehmoni bo‘ldik. Jiddiy raqimizning ustunligida o‘tgan bellashuvda turklar darvozamizni 2 bor ishg‘ol eta olishdi. Afsuski Kuper shogirdlari gol urishni uddasidan chiqa olishmagandi.

turkey-2-0-uzbekistan-67955

Oradan 5 kun o‘tib, Toshkentda KHDR terma jamoasi qabul qilindi va ishonchli 4:0 hisobida mag‘lub etildi. 11 iyun kuni Suriya ustidan ham g‘alaba qozonish etdi. Ushbu bahlsda, futbolchilarimiz 2:0 hisobida g‘alabani tantana qilishdi.

eus48s7he0z4opsj62lu

Ektor Kuper oldiga qo‘yilgan eng asosiy vazifa bu O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqish edi. Shu yilning 5 sentyabr kuni JCh-2022 yo‘lidagi ilk rasmiy uchrashuvni terma jamoamiz Falastinga qarshi o‘tkazdi. Shu kungacha O‘zbekistonga gol urishni ham uddasidan chiqa olmagan falastinliklar bu safar sun’iy qoplamaliy maydonda 1 emas 2 bor gol urishni uddalashdi va tarixiy g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ushbu mag‘lubiyat O‘zbekistonda katta shov-shuvlarga boy bo‘ldi va argentinalik mutaxassisni ishdan boshatilishini ko‘plab muxlislar talab qila boshlashdi. Falastin mag‘lub etilmagach, Toshkentga qaytishdan oldin, Iroq termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini ham o‘tkazishdi va Bellashuvda hisob ochilmadi. Bu o‘yinda ham muxlislar kutgan o‘yin sifati va natijaga erishilmadi.

Kuper qo‘l ostidagi barcha o‘yinlar ro‘yhati:

06.09.2018. O‘zbekiston - Suiya 1:1

11.09.2018. O‘zbekiston - Eron 0:1

13.10.2018. O‘zbekiston - KHDR 2:0

16.10.2018. O‘zbekiston - Qatar 2:0

15.11.2018. O‘zbekiston - Livan 0:0

20.11.2018. Janubiy Koreya - O‘zbekiston 4:0

09.01.2019. O‘zbekiston - Ummon 2:1

13.01.2019. Turkmaniston - O‘zbekiston 0:4

17.01.2019. Yaponiya - O‘zbekiston 2:1

21.01.2019. Avstraliya - O‘zbekiston 0:0 (pen. 4:2)

22.03.2019. O‘zbekiston - Urugvay 0:3

25.03.2019. Xitoy - O‘zbekiston 0:1

02.06.2019. Turkiya - O‘zbekiston 2:0

07.06.2019. O‘zbekiston - KHDR 4:0

11.06.2019. O‘zbekiston - Suriya 2:0
05.09.2019. Falastin - O‘zbekiston 2:0
09.09.2019. Iroq - O‘zbekiston 0:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
23/09/2019 17:24
Муйловинга қурт тушгур бабанияям бундан натижаси яхшироқ еди ессиз халқди шунча пуллари хавога учти кети олган пуллариг тиқилиб ӯлгур купер
Humoyun Toshpulatov
23/09/2019 19:23
Sanga bir gap eslab qol Kuper Uzbekistan bilan osiyo kubogidagi uyinini eslab qol eng zur edi Yaponiya va Australia bilan. Keyin Shomurodovniyam sentralniy hujumga Kuperga quydi.Kuper jahon darjasidagi murrabiy va nima qila yotganini biladi . Abramoving tavvakkalchi kurasan hali Abramovingni ahvolini ushanda nima derkansan Kuper haqida
&
Surxon turon
23/09/2019 21:13
Сен бир ӯйлаб гапингни куперинг бабаяндам баттар янаям омон бӯлсак кӯрамиз