
Kurash. Muhsin Hisomiddinov Parijda tengsiz bo‘ldi
Nufuzli kurash bayramiga yig‘ilgan shiddatli va jozibador bahslarga guvoh bo‘lish bilan birga O‘zbek ma’daniyati, san’ati va albatta milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalaridan ham bahramand bo‘lishadi. Bu yil ham shunday bo‘ldi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi taqvim rejasidan o‘rin olgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirda dunyoning 20 ga yaqin davlatlaridan vakillar ishtirok etishdi. Kurash bahslari esa kutilganidanda shiddatli va murosasiz bo‘lib o‘tdi. Nafaqat jahon chempionlari balki boshqa sport turlaridan ham nomdor polvonlar, olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari, qit’a va dunyoda tengsiz topilgan eng sara polvonlar g‘oliblik uchun gilamga chiqdi. Kurash bo‘yicha 4 karra jahon chempioni, 2 karra Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Muhsin Hisomiddinov o‘z tituliga Parij turniri g‘olibligini ham yozishga muvaffaq bo‘ldi. U yarim final bahsida Serbiyalik Aleksandr Kabalichni mag‘lubiyatga uchratdi. U o‘tgan yili Germaniyaning Frankfurt shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirning mutloq vazn toifasida tengsiz deb topilgan edi. Joriy yilning 30 iyun kuni Polshada bo‘lib o‘tgan Evropa o‘yinlari doirasidagi Evropa ochiq chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan.
Final bahsida esa Evropa ochiq chempionati g‘olibi Viktors Reskoning qarshiligini engib o‘tgan Muhsin Hisomidddinov oltin medal va 3000 evro pul mukofoti bilan Toshkentga qaytadigan bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida bahslar esa yanada qiziqarli o‘tdi. Unda germaniyalik Jasmin Grabovski finalda gruziyalik Elena Kebazdeni mag‘lubiyatga uchratdi va Parij turniri g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Ruminiyalik Bianka-Elena Prodan va kurash vatani vakilasi Sitora Husanovalar bronza medallari bilan taqdirlandi.
O‘zbekistonning Frantsiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan, turnir doirasida madaniy tadbirlar tashkil etildi. Unda o‘zbek san’atining taniqli yulduzlari o‘z qo‘shiqlari bilan ishtirokchilarga haqiqiy bayram kayfiyatini tuhfa etishdi.
Mazkur tadbirlarda IKA Administratsiyasi raxbari Mansur Mirzaev ishtirok etdi va Frantsiyada kurashni yanada rivrjlantirish, keng hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida kuplab uchrashuvlar o‘tkazdi.
Fikrlar