Kurash. Xalqaro turnir g‘oliblari avtomobillar bilan taqdirlandi

BEPUL PROPAN

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 13-14 may kunlari Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida kurash va belbog‘li kurash bo‘yicha yoshlar hamda kattalar o‘rtasida an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati “Polvonlari ko‘p yurt-qudratli bo‘lur” shiori ostida o‘tgan ushbu turnirida mamlakatimizning barcha hududlaridan hamda qo‘shni Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston davlatlaridan 500 nafardan ortiq polvonlar g‘oliblik uchun bahslarga kirishishdi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur turnir Jizzax viloyati hokimligi, Jizzax viloyati prokuraturasi tashabbusi bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi va qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi. Turnir doirasida tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev, Jizzax viloyati prokurori, viloyat kurash federatsiyasi raisi Islomjon Ergashxodjaev, Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi raisi Mo‘min Muratov, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, O‘zbekiston kurash federatsiyasi bosh kotibi Alisher Eshonqulov va boshqalar ishtirok etishdi. Taniqli san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar turnirga yanayam shavq-shavq bag‘ishladi.
Turnirda kurash sport turi bo‘yicha erkaklar -60, -66, -73, -81, -90, +90 kg.da kuch sinashishgan bo‘lishsa, belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar -55, -60, -66, -73,-81,-90, -100, +100 kg.da bellashishadi. Ayollar esa kurash bo‘yicha -48, -52, -57 kg. vazn toifalarida gilamga chiqishdi. Shuningdek, har ikkala sport turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida mutloq vaznda ham kuchlilar aniqlandi. Kurash va belbog‘li kurash bo‘yicha har bir vazn toifasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan polvonlar 5.000.000 so‘mdan, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan polvonlar 3.000. 000 so‘mdan, ikkita uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan polvonlar 1.500.000 so‘mdan, mutloq vaznda g‘olib bo‘lgan sportchilarga 2 ta “NEXIA-3” rusumdagi yangi avtomobil, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan polvonlarga 30.000.000 so‘mdan hamda uchinchi o‘rinni band etgan kurashchilar 10.000.000 so‘mdan pul mukofotlariga ega bo‘lishdi.

photo_2022-05-16_14-08-39

Musobaqa yakuniga etgach, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Har bir vazn toifasida kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar turnir tashkilotchilari tomonidan belgilangan pul mukofotlari, diplom va medallar topshirildi. Mutloq vazn toifalarida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Muhsin Hisomiddinov (kurash) va Nodir Ahatjonovga (belbog‘li kurash) “Nexia -3” rusumli avtomobillar berildi. Taqdirlash marosimida polvonlarga sovg‘alarni Jizzax viloyati prokurori, viloyat kurash federatsiyasi raisi Islomjon Ergashxodjaev, Zarbdor tumani hokimi Zafar Ro‘ziev, Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi raisi Mo‘min Muratov, O‘zbekiston kurash federatsiyasi bosh kotibi Alisher Eshonqulov, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov va boshqalar topshirishdi.

photo_2022-05-16_14-08-38

Ta’kidlash joiz, ikki kun davom etgan bellashuvlar shiddatli, qiziqarli va murosasiz tarzda davom etdi. Ko‘p sonli muxlislar esa polvonlarning chiqishlarini olqishlab turishdi. Turnirni kurash bo‘yicha Ismat Bo‘riev, belbog‘li kurash bo‘yicha Usmon Mahamatovlar boshchiligidagi hakamlar guruhi munosib boshqarib borishdi.

Demak, turnir g‘olib va sovrindorlari bilan tanishamiz.
Kurash (erkaklar): 60 kg. 1.Do‘stmurod G‘offorov (Jizzax), 2. Xurshid Choriev (Toshkent sh.), 3. Shaxzod Qodirov (Navoiy), 3. Sardor Islomov (Jizzax) 66 kg. 1. Otabek Hasanov (Navoiy), 2. Dilshod Yo‘ldoshev (Toshkent sh.), 3. Qobiljon Ahmedov (Toshkent v.), 3. Ro‘zimurod Mustofev (Jizzax). 73 kg. 1. Asqar Xayrullaev (Samarqand), 2. Farrux Adizov (Buxoro), 3. Akbar O‘rolov (Surxondaryo), 3. Zuxriddin Najmiddinov (Toshkent sh.). 81 kg. 1. Umar Bozorov (Toshkent sh.), 2. O‘rol Sodiqov (Toshkent sh. ), 3. Rahmatillo Nuriddinboev (Jizzax), 3. G‘iyos Boboev (Toshkent sh.). 90 kg. 1. Erkin Qozoqov (Toshkent sh.), 2. Ro‘ziboy Narzullaev (Samarqand), 3. Sardor Toirov (Sirdaryo), 3. Ruslan Bekmetov (Xorazm).
+90 kg. 1. Muhsin Hisomiddinov (Surxondaryo), 2. Muhammadkarim Xurramov (Samarqand), 3. Boltaboy Boltaboev (Xorazm), 3. Sherali Jo‘raev (Surxondaryo).
Mutloq vazn:
1.Muhsin Hisomiddinov(Surxondaryo), 2. Muhammadkarim Xurramov (Samarqand), 3. Sherali Jo‘raev (Qashqadaryo), 3.O‘mar Bozorov (Toshkent sh.).
Kurash (ayollar): 48 kg. 1.Shaxlo Hamidova (Qashqadaryo), 2. Xanimova Ulbo‘sin (Sirdaryo), 3.Maftuna Xolmatova (Farg‘ona), 3. Zuhra Hayitboeva (Jizzax). 57 kg. 1.Iroda Mamashoeva (Surxondaryo), 2. Ibodat Agajonova (Andijon), 3. Komila Qaxxorova (Surxondaryo), Fotima Mo‘saeva (Jizzax). 70 kg. 1. Shahnoza Bozorova (Navoiy), 2. Ravzaxon Adashova (Toshkent sh.), 3. Feruza Boboqulova (Qashqadaryo), Muxlisa Qodirberganova (Xorazm).
Belbog‘li kurash (erkaklar): 55 kg. 1. Jamoliddin Ne’matullaev (Namangan), 2. Muhammadyusuf Muhammadullvev (Andijon), 3. Anvar Turg‘unov (ChOZK), 3. Nodir Abdumalikov (Farg‘ona). 60 kg. 1. Oyatilla Tillaboev (Andijon), 2. Bekpo‘lat Bakirov (Namangan), 3. Roman Saparov (Qirg‘iziston), 3. Oybek Xamidov (Namangan). 66 kg. 1.Oybek Sultonv (Andijon), 2. Murod Xamidov (Namangan), 3. G‘iyosjon Rahimboev (O‘zDJTSU), 3. Marlen Abdurasulov (Qirg‘iziston). 73 kg. 1. Xolmirza Hasanboev (O‘zDJTSU), 2. Ilhom Mashrabov (Andijon), 3. Sardor Jumaboev (Chirchiq OZK), Ilyos Ahmadov (Jizzax) 81 kg. 1.Husniddin Ro‘ziev (Andijon), 2. Husan Abduhakimov (Sirdaryo), 3. Jamshid Nizamboev (Chirchiq OZK), 3. Bekzod Abdurahmonov (Toshkent v.). 90 kg. 1. Shohjahon Ortiqov (ROZK), 2. Iskandar Ismoilov (Namangan), 3. Doniyor Ro‘ziev (O‘zDJTSU), 3. Oybek Muhammadov (Farg‘ona). 100 kg. 1. Zaylobiddin Ortiqov (O‘zDJTSU), 2. Nodirbek Axatjonov (Jizzax), 3. Rustam Umarov (Namangan), 3. Obidali Mavlonov (Farg‘ona). +100 kg. 1. Muhammadjon Iskandarov (Andijon), 2. A’zamjon Anvarjonov (Andijon), 3. Hislat Pirmatov (Toshkent v.). 3. Ilyosbek Obidjonov (Farg‘ona).
Mutloq vazn toifasi: 1. Nodirbek Ahatjonov (Jizzax), 2. A’zamjon Anvarjonov (Andijon). 3. Muhammadjon Iskandarov (Andijon), 3. Hislat Pirmatov (Toshkent v.).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!