
Kurashchi qizlarimiz Osiyo chempionatida 7 ta medalni qo‘lga kiritdi
Iordaniyaning Amman shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida qizlar o‘rtasidagi bahslar yakunlandi.
Unda hamyurtlarimiz 2 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. E’tiborlisi, bu natija evaziga qizlarimiz umumjamoa hisobida ochkolar bo‘yicha Hindiston va Yaponiya termalaridan so‘ng uchinchi o‘rinni egallashdi. Shohsupaga ko‘tarilgan yurtdoshlarimiz bilan tanishing:
Kumush medal:
-53 kg: Dilshoda Matnazarova
-59 kg: Sarvinoz Jiembaeva
Bronza medal:
-57 kg: Ulmeken Esenbaeva
-62 kg: Nigina Sobirova
-65 kg: Gulmira Aytmuratova
-72 kg: Mardona Qadamova
-76 kg: Valentina To‘reniyazova.
MOQ matbuot xizmati
Fikrlar