Kurashchilarimiz bugun Osiyo chempionatida 4 ta medal olishdi

CHERY AUTO

Qirg‘iziston poytaxtida davom etayotgan sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatining ikkinchi kun bellashuvlari o‘z yakuniga etdi. Grek-rim kurashi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bugungi bellashuvlarda terma jamoamiz vakillari 4 ta medal olishdi. 

Jahon chempionatining kumush medal sohibi Rustam Assakalov -97 kilogramm vazn toifasida ishtirok etib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Vakilimiz faqatgina eronlik raqibining to‘sig‘idan o‘ta olmadi xolos. 

Shuningdek, yigitlarimizdan Islomjon Bahromov (-60 kg), Mirzobek Rahmatov (-67 kg) va Aram Vardanyan (-72 kg) bronza medali bilan taqdirlandilar. Afsuski, Nurbek Hoshimbekov (-82 kg) shohsupaga ko‘tarilish uchun kechgan kurashda hindistonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!