Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Kurashchilarimiz Osiyo chempionatida 15 ta medal qo‘lga kiritdi

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Danang shahrida sport kurashlari bo‘yicha U-23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati yakunlandi

Vyetnamning Danang shahrida sport kurashlari bo‘yicha U-23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Musobaqaning so‘nggi kunida erkin kurashchimiz Fazliddin Nasriddinov -74 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Shu tariqa, musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillari barcha yo‘nalishlarda jami 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Ertadan ushbu shaharda U-17 yosh toifasidagi qit’a birinchiligi start oladi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q