Kurashchimiz Nabira Esenbaeva Osiyo chempionatining kumush medal sohibi bo‘ldi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bishkek shahri sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati bellashuvlariga mezbonlik qilmoqda. Shu lahzalarda ayollar kurashi bo‘yicha hal qiluvchi bellashuvlar o‘tkazilayotir.
Quvonarlisi, vazni 59 kilogrammgacha bo‘lgan qizlar bellashuvida kurashchimiz Nabira Esenbaeva musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Finalgacha raqiblarini mag‘lub etgan polvonimiz hal qiluvchi bahsda xitoylik Ninnin Ronga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shuningdek, yana ikki vakilimiz bronza medali uchun kechgan kurashda raqiblariga mag‘lub bo‘lishdi.
Bugun yana 5 vazn toifasida bahslar bo‘lib o‘tmoqda.

Fikrlar