Kurt Zuma "Chelsi"ga qaytmoqchi emas

  • 13.04.2019 13:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Mavsumni “Everton” safida ijara asosida o‘tkazayotgan "Chelsi" himoyachisi Kurt Zuma londonliklar safiga qaytishni xohlamayapti. Bu haqda Liverpool Echo nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra 24 yoshli frantsiyalik futbolchi doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlaydi. “Irischilar” esa unga aynan mana shu imkoniyatni berishmoqda.

Ma’lumot uchun, Zuma joriy mavsum “Everton” safida jami 31ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!