Kurtua: Agar Beyl klubga sodiq bo‘lmaganida, bunday o‘ynamagan bo‘lardi
"Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua jamoaning yarim himoyachisi Garet Beyl borasida fikr bildirdi.
"Har kim ham o‘z mamlakatini sevadi. Vatanning darajasi klubingizdan ustun turadi. Garet har kuni klub uchun tayyorlanadi va u professionaldur.
"Real Sosedad" (3:1) ga qarshi uchrashuvda Beylni katta foydasi tegdi va juda ko‘p xavfli vaziyatlar yaratdi. Modrichning goli ham aynan uning uzatmasidan keyin amalga oshdi. Agar Beyl klubga sodiq bo‘lmaganida, bunday o‘ynamagan bo‘lardi.
Biz g‘alaba qozonish uchun shu erdamiz. Bo‘lib o‘tgan ishlar ortda qoldi. Garet bizni g‘alaba qozonishimizga yordam berish uchun mashg‘ulotlarda va o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatmoqda. "Santyago Bernabeu" o‘z fikriga ega, men bu haqda izoh berolmayman," - dedi Kurtua.
Fikrlar