Kurtua: "Angliyani Bellingemsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi"
"Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua jamoadoshi Jud Bellingem Jahon chempionati 2026da Angliya safida bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
"Ha, albatta. Men Angliyani Judsiz tasavvur ham qila olmayman. U terma jamoa tarkibida bo‘lishi va o‘ynashi kerak.
U hali etarlicha o‘yin amaliyotiga ega emas, shuning uchun ham Angliya, ham "Real" uchun u mashq qilib, jismoniy tayyorgarligini oshirishi muhim. Oldimizda qiyin o‘yinlar bor va umid qilamanki, u bizga yordam beradi — chunki u ajoyib futbolchi, jamoamizning eng muhim a’zolaridan biri.
U to‘rt oylik jarohatdan keyin tiklandi, shoshish kerak emas. Aks holda, mushak jarohatlarini olib kelishi mumkin. Eng muhimi — optimal formaga kirish. Shunda hammasi yaxshi bo‘ladi", - deya jamoadoshiga ta’rif berib o‘tdi belgiyalik posbon.
Fikrlar