Kurtua Belgiya terma jamoasi qarorgohini tark etdi

  • 08.10.2020 16:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Real” darvozaboni Tibo Kurtua jarohat sabab Belgiya terma jamoasi qarorgohini tark etdi.

AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 28 yoshli futbolchi mushaklarida og‘riq his qila boshlagan.

Endi Kurtua bugun bo‘lib o‘tadigan Kot-d’Ivuarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini hamda UEFA Millatlar ligasidan o‘rin olgan Angliya (11 oktyabr) va Islandiyaga (14 oktyabr) qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!