
Kurtua: Bugun ajoyib final bo‘ladi
"Real Madrid"ning 32 yoshli darvozaboni Tibo Kurtua Meksikaning "Pachuka" klubi bilan bo‘lib o‘tadigan "Qit’alararo kubok-2024" finalidan kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Turli qit’a chempionlari bir-biriga qarshi o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lishi har doim muhim. 2024 yilda kim eng yaxshi bo‘lishini aniqlash uchun ushbu qit’alararo turnirni o‘tkazish to‘g‘ri qaror.
Bu ajoyib hodisa. Biroq, tig‘iz taqvim bilan bu o‘yinlarni tashkil etish har doim ham oson emas. Hammamiz bu finalni sabrsizlik bilan kutamiz. Bu o‘tgan mavsumda qilgan og‘ir mehnatimiz uchun mukofot.
"Pachuka"ning o‘yin uslubi Evropa futboliga qarama-qarshidir. Ba’zida shiddat o‘zgaradi, ba’zan qat’iyat yoki taktika o‘zgaradi. Shuning uchun bunday bahslarni har doim yoqimli. O‘ylaymanki, bugun ajoyib final bo‘ladi, - deya Kurtua so‘zlarini keltirdi "Mundo Deportivo".
Ma’lumot uchun, jamoalar o‘rtasidagi bellashuv bugun soat 22:00da start oladi.
Fikrlar