Kurtua Donnarummaning Musialaga ishlatgan qo‘polligiga munosabat bildirdi

  • 6 iyul, 15:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua Jamal Musialaning og‘ir jarohatiga bog‘liq vaziyat bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/4 finalida PSJ "Bavariya"ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan, uchrashuvning birinchi bo‘limi oxirida esa Musiala jiddiy jarohat olgan.

Tecno

U PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan to‘qnashgan, natijada Musialaning chap oyog‘i noodatiy holatda burilib ketgan. Keyinchalik uni shifoxonaga olib ketishgan va unga malobertsova suyagi singani tashxis qilingan.

Kurtua ushbu vaziyatda Donnarummani ayblash noto‘g‘riligini ta’kidladi:

"Donnarummani Musialaning jarohatida ayblash menimcha ortiqcha. Darvozabonlar har doim to‘p uchun kurashadi. Xuddi shunday holatlar hujumchilarda ham bo‘ladi – ular bizga urilishganda, o‘zlarini to‘xtatishmaydi.

Bu faqat omadsizlik. Donnarumma uchun bu holat albatta yoqimsiz, lekin u aybdor emas" – deya ta’rif berib o‘tdi belgiyalik posbon.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!