Asosiy mazmunga oʻtish

Kurtua: «Faoliyatimni «Real»da yakunlamoqchiman»

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua klub bilan shartnomasini uzaytirishga juda yaqinligini va karerasini shu yerda yakunlamoqchi ekanini aytdi.

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua jamoa bilan shartnomani uzaytirish borasidagi savolga javob berdi. Avvalroq ommaviy axborot vositalari belgilaylik darvozabon yangi shartnoma imzolashi haqida xabar bergandi.

«Ha, shartnomani uzaytirishga yaqin turibman. Faoliyatimni «Real»da yakunlamoqchiman», — dedi Kurtua.

Eslatib o'tamiz, Tibo Kurtua 2018 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q