Kurtua Mbappening "Real"ga o‘tishi haqida tarqalgan xabarlarga o‘z fikrini bildirdi

  • 24.06.2019 13:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubi darvozaboni Tibo Kurtua PSJ hujumchisi Kilian Mbappening “qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tishi borasida tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

“Men ushbu transfer masalasida hech narsa bilmayman. Bu haqda matbuotda kuzatyapman. Lekin shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, “Real” bunday futbolchilar uchun doimo quchog‘ini ochadi”, - deydi belgiyalik posbon.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Mbappening “Real”ga o‘tishi 2020 yilning yoziga qoldirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!