Kurtua: "Real" prezidenti qo‘ng‘iroq qilsa ham agentim bilan gaplashadi

  • 21 fevral, 2018, 16:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi darvozaboni Tibo Kurtua jamoasini o‘zgartirmoqchi emas. So‘nggi vaqtlarda ispan va ingliz OAV tez-tez belgiyalik futbolchining xizmatlariga Madridning “Real” klubi qiziqish bildirayotganligi haqida yozmoqda. Kurtuaning o‘zi ham “qirollik klubi” bilan muzorakalar o‘tkazganini yashirgani yo‘q.

Tecno

Hozirda “Chelsi” bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar o‘tkazilmoqda. Agar shartnoma shartlari ikki tomonni ham qanoatlantirsa, “Chelsi” darvozasini ko‘p yillar qo‘riqlayman. Agar “Real” prezidenti Florentino Peres qilmoqchi bo‘lsa ham agent bilan muzokaralar o‘tkazadi, – deya Kurtuaning so‘zlarini keltiradi Cope nashri.

Kurtuaning ingliz klubi bilan tuzgan amaldagi kelishuvi 2019 yilda yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!