Kutganmidingiz?! O‘zbekiston olimpiya terma jamoamiz Ispaniya bilan o‘ynaydi! (Video)

O‘zbekiston U-23 terma jamoamiz Ispaniyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi! Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi. 

Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi oktyabr oyida Ispaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. Mazkur uchrashuv 13 oktyabr sanasida Toshkent shahrida o‘tkaziladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya termasi 2002 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat jamoa bilan yurtimizga keladi.

VID_20230720_102203_277

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rustam Yuldashev
20/07/2023 10:33
Илтимос текстдаги имло хатосини тузатинг