Kutilmagan muammo: Anchelotti “Real” La Ligani baykot qilishini bildirdi

  • 16 mart, 14:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasi agar uchrashuvlar o‘rtasida kamida 72 soat davomida dam olmaydigan bo‘lsa, La Ligada boshqa maydonga tushmasligini bildirdi.

Gap shundaki, “Qirollik klubi” 12 mart kuni Evropa Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichida “Atletiko”ga qarshi qiyin uchrashuvda maydonga tushdi.

15 mart kuni “Real” Ispaniya chempionati 28-turi doirasida “Vilyarreal” bilan kuch sinashishiga to‘g‘ri keldi.

- Biz oxirgi bor 72-soatlik dam olishsiz maydonga tushdik. Ikki marta La Liga rahbariyatidan bu holatni o‘zgartirishni so‘radik, lekin hech qanday chora ko‘rilgani yo‘q.

Madridning “Real” jamoasi agar dam olish va tiklanish uchun etarli darajada vaqt ajratilmasa, boshqa maydonga tushmaydi, - dedi Karlo Anchelotti.

Ta’kidlash joizki, “Real” va La Liga rahbariyatining munosabatlari do‘stona emas. Madridliklar ko‘pincha hakamlarning qarorlariga e’tiroz bildirib, ularni tanqid qiladi. Bu holat La Liga rahbari Xaver Tebasga yoqmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!