Kutilmagan xabar. “Liverpul” Muhammad Salohni transferga qo‘yadi!

  • 1 noyabr, 2021, 08:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh yanvarda transferga qo‘yilishi mumkin.

Tecno

Klub rahbariyati misrlik to‘purarni yangi shartnomaga ko‘ndira olmayapti. Aniqroq aytganda, Muhammad Saloh haftasiga 600 ming funt sterling miqdorida maosh talab qilyapti. “Liverpul” rahbariyati bu shartni qabul qilgani yo‘q.

Agar hujumchi 1 yanvarga qadar klub bilan yangi bitim imzolamasa, “Liverpul” mutasaddilari uni transferga qo‘yadi.

Salohning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yarmigacha davom etadi. Klub hujumchi chun 100 million evro miqdorida badal puli talab qilishi aytilmoqda.

Muhammad Saloh anchadan beri Ispaniya chempionatida to‘p tepishni rejalashtirmoqda. Unga “Barselona” va “Real” ish taklif qilishga tayyor.

Misrlik hujumchi joriy mavsumda 13 ta uchrashuvda 15 ta gol urdi va oltita golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!