Kutilmagan xabar: Mbappe terma jamoadan ketadi!
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe rahbariyat talab qilsa, Frantsiya terma jamoasidan ketishga tayyor ekanini ta’kidladi.
- Menga terma jamoada o‘ynaganim uchun pul to‘lashmaydi. Bepul o‘ynayapman. Men tufayli muammolar kelib chiqishini istamayman. Men terma jamoaga muammo tug‘dirgan paytlar bo‘lganday tuyuldi.
Xudbinligim uchun jamoa qiynalyapti, deb aytishyapti. Agar Frantsiya mensiz yaxshi o‘ynasa, terma jamoadagi faoliyatimni to‘xtataman, - dedi Kilian Mbappe.
Avvalroq, Kilian Mbappe terma jamoaning etakchi o‘yinchilari bilan chiqisha olmayotgani haqida xabarlar chiqqan edi. Yosh hujumchiga tajribali hujumchilar Antuan Grizmann va Olive Jiruning jamoaning boshqa o‘yinchilariga ta’sir o‘tkazishi yoqmagan.



Fikrlar