Kutilmaganda “Milan” va “Chelsi” transferi barbod bo‘ldi

  • 11.06.2025 13:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Milan” va “Chelsi” 29 yoshli darvozabon Mayk Menyanning transferini amalga oshirishga yaqin turgandi. Frantsiyalik darvozabon Italiya chempionatini tark etib, Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishni ma’qul topgandi.

Taniqlik jurnalist Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasi orqali ma’lum qilishicha, bu transfer barbod bo‘ldi.

Bunga tomonlarning transfer summasi bo‘yicha kelisha olmagani sabab bo‘lgan. Milanliklar qo‘ygan narx londonliklarga ma’qul kelmagan. “Milan” rahbariyati esa, “aristokratlar”ning badal pul miqdorini pasaytirish haqidagi so‘rovini javobsiz qoldirgan.

Evropa matbuoti bu transfer 18 million evro evaziga amalga oshishi mumkinligini yozgan edi.

Biroq “Chelsi” klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan darvozabonga muhtojligini inobatga olgan “Milan” narxni ko‘tarishga qaror qildi va uni tushirishdan bosh tortmoqda.

Endi “Chelsi” nufuzli musobaqada tarkibda bor darvozabonlar bilan ishtirok etadigan bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!