
Kvaratsxeliya uchun kurashga "Liverpul" ham qo‘shildi
"Liverpul" "Napoli"ning 23 yoshli vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaning transferi ustida ishlamoqda. Bu haqda "Football Insider" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida. Ammo, ta’kidlanishicha bu transferni amalga oshirish qiyin bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Kvaratsxeliya barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda qatnashib, 11 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining narxi 80 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar