KXDR terma jamoasi ustozi: Ertangi o‘yinda biz uchun natija muhim emas

O‘zbekiston hamda KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini oldidan koreyaliklar ustozi Yun Jong Su matbuot anjumanida ishtirok etdi va bo‘lajak bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz BAAda o‘tgan Osiyo kubogidan so‘ng ilk o‘yinni o‘tkazamiz. Tarkbimizda o‘zgarishlar bo‘ldi. O‘ylaymanki, bu uchrashuv O‘zbekiston uchun ham, KXDR uchun ham foydali bo‘ladi deb o‘ylayman.

To‘g‘ri, Osiyo kubogidan so‘ng o‘yin o‘tkazmadik. Uz uyimizda mashg‘ulotlar olib bordik. Ertangi bellashuvda tarkibda yangi futbolchilarni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Rahbariyat qo‘ygan asosiy vazifalardan biri JCh-2022 saralash o‘yinlarida munosib ishtirok etish va aynan ushbu jarayonga e’tibor qaratiladi. Ayni vaqtda bizda JChga chiqishdan bo‘lak, istiqbolli rejalarimiz mavjud emas.

Oldinda turgan bahsda bizga natija u qadar muhim emas. Asosiysi, tarkibdagi yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazib olish. Ushbu yig‘inga horijda o‘ynayotgan futbolchilar emas, asosan mahalliy chempionatda to‘p tepadigan futbolchilarni jalb etganmiz.

Futbolchilarim uchun JChga chiqish motivatsiya beradi. Jamoada muhit o‘zgargan. Bizda o‘rtoqlik o‘yinlarini tashkil etish muammo emas. Hozirgi tarkib 20 kunda yig‘ilgan va jamoamiz yangidan qurilmoqda. Yangi futbolchilar selektsiyasi bilan shug‘ullanmoqdamiz", - deb Shimoliy koreyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi SPORTS.uz internet nashri muxbiri Shahzod Xolboev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шарипов Иманалы
06/06/2019 18:24
Понятноооо