La Liga. 6 ta gol urilgan o‘yinda "Real" ochko yo‘qotdi
La Liganing 17-turidan o‘rin olgan "Rayo Valekano" - "Real" o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 36-daqiqasigacha mezbonlar ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Shundan so‘ng Valverde, Bellingem va Rodrigo bir martadan darvozani ishg‘ol qildi va "qaymoqranglilar" oldinga chiqib olishdi. 64-daqiqada esa Palachon imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi.
"Real" 37 ochko bilan ikkinchi pog‘onada qoldi. Jamoa g‘alaba qozonganida turnir jadvalida peshqadamga aylanardi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Rayo Valekano
- Unai López 4'
- Abdul Mumin 36'
- Isi Palazón 64'
Tugadi
3
:
3
15.12.2024 01:00
Real Madrid
- J. Bellingham 45'
- Federico Valverde 39'
- Rodrygo 56'
Fikrlar