
La Liga 7-tur: Amaldagi chempion - "Barselona" bugun "Kamp Nou"da "Atletik"ni qabul qiladi
Bugun Ispaniya La Ligasining 7-turidan o‘rin olgan bilar qator bahslar bo‘lib o‘tadi. Jumladan, amaldagi chempion hisoblangan “Barselona” o‘z matsdonida Bilbaoning “Atletik” klubini qabul qiladi.
Uchrashuviga oid qiziqarli faktlar:
- “Barselona” La Liga doirasida o‘z maydonida o‘tkazilgan 39ta o‘yinidan buyon mag‘lub bo‘lmayapti.
- “Atletik”ning g‘alabasiz seriyasi esa 4ta o‘yindan buyon davom etmoqda.
- “Barselona” 5ta o‘yindan buyon o‘z maydonida “Atletik”ni mag‘lubiyatga uchratib kelmoqda.
- O‘tgan mavsum “Barselona” har ikkala o‘yinda ham “Atletik”ning 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.
"Barselona" – "Atletik"
Stadion: "Kamp Nou" (Barselona, Ispaniya)
Boshlanish vaqti: 19:15
Bosh hakam: Santyago Xayme Latre (Sarinena)
Taxminiy tarkiblar:
"Barselona": ter Shtegen – Roberto, Pike, Langle, Alba, Buskets, Rakitich, Koutino, Dembele, L.Suares, Messi.
"Atletik": Unay – Markos, Alvares, Martines, Berchichi, Dani Garsiya, Benyat, Raul Garsiya, Susaeta, Munyain, Uilyams.
Fikrlar