
La Liga. "Atletik" safarda mag‘lubiyatga uchradi
La Liga 19-turidan o‘rin olgan "Selta" - "Atletik" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari 1:0 hisobida raqibidan ustun keldi.
Yago Aspas tomonidan 71-daqiqada kiritilgan gol bellashuv taqdirini hal qildi.
Shu tariqa, "Selta" ochkolari sonini 20 taga etkazib olgan holda, Ispaniya chempionati turnir jadvalida 16-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 26 ochkoga ega bilbaoliklar 8-pog‘onani band etgan.
Fikrlar