La Liga. "Barsa" "Jirona"ga mag‘lub bo‘ldi. "Real" esa ushbu turdan so‘ng yetakchi bo‘lib oldi
Ispaniya La Ligasining 24-turidan o‘rin olgan so‘nggi to‘qnashuv ham o‘z nihoyasiga yetdi.
Hans-Diter Flik boshchiligidagi "Barselona" safarda "Jirona" bilan bahs olib borib, 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Birinchi bo‘limda muxlislar gol ko‘rishmadi, "Barsa" futbolchilari "Atletiko"dan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng qandaydir kayfiyatsiz harakat qilishdi. Bo‘lim so‘nggida Lamin Yamal 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanа olmadi.
Ikkinchi bo‘limning 59-daqiqasida Kubarsi Kundening uzatmasidan so‘ng bosh bilan zarba yo‘llab, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 3 daqiqa o‘tib esa Toma Lemar Joan Garsiya darvozasini ishg‘ol qildi (1:1). 87-daqiqada mezbonlar ikkinchi golni kiritib, g‘alabani ilib ketdi. Gol muallifi - Fran Beltran!
Ma’lumot o‘rnida, ushbu turdan so‘ng "Real Madrid" 60 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "ko‘k-anorranglilar" hisobida esa 58 mavjud!
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Jirona
- Thomas Lemar 61'
- Fran Beltrán 86'
17.02.2026 01:00
Barselona
- Pau Cubarsí 59'
Fikrlar