La Liga. Darvozabonlarning benefisiga aylangan bahsda "Barselona" g'alabani ilib ketdi
Ispaniya La Ligasining navbatdagi turida Hans-Diter Flik boshchiligidagi "Barselona" safarda "Espanyol" bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida zafar quchdi va peshqadamlikni mustahkamlab oldi.
Darvozabonlar ajoyib harakat qilgan to‘qnashuvda "ko‘k-anorranglilar" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. Uchrashuvning 85-daqiqasida Dani Olmo super gol urib, hisobni ochdi. 90-daqiqada esa Levandovski o‘yinga nuqta qo‘ygan holda, jamoasiga navbatdagi muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Ma’lumot o‘rnida, "Barsa" onlayn turnir jadvalida "Real Madrid"dan 7 ochko oldinda. "Qaymoqranglilar" bu turdagi o‘z uchrashuvini bugun "Real Betis"ga qarshi o‘tkazadi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Espanyol
Tugadi
0
:
2
04.01.2026 01:00
Barselona
- Dani Olmo 86'
- Robert Lewandowski 90'
Fikrlar