
La Liga. "Jirona" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi va turnir jadvalida peshqadamga aylandi
La Liganing 11-turini ochib beruvchi "Jirona" - "Selta" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindagi yagona gol 91-daqiqada urildi. Errera Guaita darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga 3 ochko taqdim etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Jirona" turnir jadvalida 28 ochko bilan 1-o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar