
La Liga. Portuges gol urgan o‘yinda "Real Sosedad" g‘alaba qozondi va 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Ispaniya La Ligasining 16-turida “Atletik” o‘z maydonida “Real Sosedad”ni qabul qildi.
Bilbaodagi bellashuv 0:1 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona golga 5-daqiqada Portuges mualliflik qildi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng “Real Sosedad” o‘z hisobidagi ochkolar sonini 29 taga etkazib oldi va uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar