La Liga prezidenti: "Vinisius bu borada barchaga o‘rnak"

Xaver Tebas Vinisius Juniorni La Ligada irqchilikka qarshi kurashda etakchi deb ataydi.

U irqchilikka qarshi kurashga rahbarlik qilib, to‘g‘ri ish qilyapti. Uning aytishicha, Ispaniya aslida irqchi davlat emas. Ammo, irqchilik holatlari davom etsa, 2030 yilgi jahon chempionatini boykot qilishini aytdi. Lekin men bunga rozi emasman.

Vini irqchilikka qarshi kurashda etakchi. Valensiyada allaqachon bu kabi xunuk xolatlarga qarshi immunitet shakllandi.

Biz Vinisiusni barcha uchrashuvlarda kuzatib boramiz va u haqoratlanganida shikoyat qilamiz. Tribunadan kuzatib turib, forvardga qarshi bo‘lgan ko‘plab ta’qibchilarni yo‘q qila oldik. Biz futbolni oilaviy va ko‘ngilochar muhitga aylantirishimiz kerak”, - dedi La Liga prezidenti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!