La Liga. "Real" Mbappening dubli va Vinisiusning goliga evaziga yirik hisobda zafar quchdi
Ispaniya La Ligasining 2-turida Xabi Alonso boshchiligidagi "Real Madrid" "Ovedo" bilan kuch sinashib, yirik 3:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Dastlab bellashuvning 37-daqiqasida Kilian Mbappe Arda Gyulerning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 83-daqiqasida esa zaxiradan tushgan Vinisius Junior Mbappega pas berdi va frantsiyalik yulduz dublni rasmiylashtidi. Bundan tashqari, 90+3-daqiqada braziliyalik vinger assistdan so‘ng o‘z hisobiga gol ham yozdirib qo‘ydi (3:0).
Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" navbatdagi uchrashuvini 30 avgust kuni "Malorka"ga qarshi o‘tkazadi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Real Oviedo
Tugadi
0
:
3
25.08.2025 00:30
Real Madrid
- Kylian Mbappé 37'
- Kylian Mbappé 83'
- Vinicius Junior 90'

Fikrlar