La Liga. "Vilyarreal" qiyinchiliksiz "Espanyol"ni yengib, "Atletiko"ga yetib oldi
La Liganing 23-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda "Vilyarreal o‘z maydonida "Espanol" ni qabul qildi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 35-daqiqada Jorj Mikautadze hisobni ochdi, 41-daqiqada esa mehmonlar futbolchisi Joze Salinas o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, oradagi farqni ikkita oshirdi. Keyin Nikolas Pepe va Alberto Moleyro ham gol urdi va hisobni yiriklashtirdi. Ammo kataloniyaliklar a’zosi Leandro Kabrera asosiy vaqt so‘ngida hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, "sariq suvosti kemasi" o‘z ochkolarini 45 ga yetkazib, 3-o‘rinda borayotgan «Atletiko» bilan tenglashib oldi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Villarreal
- José Salinas 41'
- Georges Mikautadze 35'
- Alberto Moleiro 55'
- Nicolas Pépé 50'
Tugadi
4
:
1
10.02.2026 01:00
Espanyol
- Ludovic Taillandier 88'
Fikrlar