La Ligada ishlari yurishmagan Yovich yana Bundesligaga qaytishi mumkin

  • 16.07.2020 15:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" forvardi Luka Yovichni yana Bundesligaga chorlashmoqda.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 22 yoshli serbiyalik futbolchini "Gerta" o‘z safida ko‘rmoqchi. Gap shundaki, jamoa xo‘jayini Berlin klubini super klubga aylantirishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yovich uchun Bundesliga begona emas. Boisi, u 2019 “Real” safiga “Ayntraxt”dagi yorqin o‘yinlaridan so‘ng ko‘chib o‘tgan edi. Ammo, uning Madriddagi ishlari u qadar yurishmadi. Luka o‘tgan 25 ta o‘yinda o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!