La Liganing keyigni turida "Real"ning ikki etakchi futbolchisi o‘ynamaydi

  • 14.04.2023 16:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Real" yarim himoyachilari Vinisius Junior va Toni Kroos La Liga doirasidagi "Kadis"ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam ber olmaydi.

"Cope" jurnalisti Arancha Rodriges xabariga ko‘ra, Vinisius va Kroos La Liganing 29-tur uchrashuvi oldidan mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborishgan. Mushaklarda charchoq tufayli ular "Kadis" bilan o‘ynamaydilar.

Manbaning xabariga ko‘ra,  Madrid klubi Vinisius va Kroosni Chempionlar ligasi 1/4 finalida "Chelsi"ga qarshi javob o‘yinida (birinchi o‘yin - 2:0) maydonga tushib, jamoaga yordam berishlarini ko‘zlashmoqda.

Shuningdek, Ferland Mendi ham jarohat tufayli 19-martdan beri maydonga tushmayapti. U mushak jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!